Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi toifali Biologiya fani oʻqituvchisi Zilola Mirxonova hammuallifligida oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun "Zoogeografiya" darsligi yaratildi.

Ushbu kitob Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan oliy oʻquv yurtlarining 70510101 – Biologiya (zoologiya, ixtiologiya va gidrobiologiya) mutaxassisligi uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.

Mazkur darslikdan nafaqat oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, balki ushbu fanga ixtisoslashtirilgan va chuqurlashtirib oʻqitiladigan maktab oʻquvchilari uchun ham qoʻshimcha manba sifatida foydalanish mumkin.