#ishchi_guruh
#Qashqadaryo
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan 16 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida boʻldi.
Mazkur maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati, "yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.
Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi