Agentlik tizimidagi maktablarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan:
Buxoro shahridagi Prezident maktabi “Bayrog‘im-g‘ururim” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda o‘qituvchilar, maktab ma‘muriyati hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi. Bayram badiiy chiqishlar hamda kuy-qo‘shiqlarga boy holda o'tdi.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 5-6-sinflar o‘rtasida "Bayrog'im-faxrim!" nomli rasmlar tanlovi tashkillashtirildi.
Qarshi shahridagi Prezident maktabida bayram munosabati bilan 10- sinflar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi harbiy qism bilan hamkorlikda videorolik tayyorlandi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida“Dilimda azizsan - yurtim bayrog‘i” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda “Yosh kitobxon” to‘garagi a‘zolari ramzimiz haqida sahnaviy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Bayrog‘im, Vatan kabi mangusan!" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Halima Xudoberdiyeva nomidagi ijod maktabida Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Bayrog‘im-g‘ururim” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 45-606 harbiy qism bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.