Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida tashqi monitoring sinovlari o‘tkazilmoqda.
Bugun Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Muhammadrizo Ogahiy va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchilarning ingliz tili, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan egallagan bilimlari sinovdan o'tkazildi. Tashqi monitoring jarayonlarida maktabning 7-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.