Agentlik tizimidagi maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yosh avlodni vatanga sadoqat va ma’nan yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur seminar-treninglardan ko‘zlangan maqsad ham bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maktab  mas'ullariga metodik yordam ko‘rsatishdan iborat.

O‘ylaymanki, bugungi seminarda o‘rgangan bilimlaringiz kelgusi faoliyatingizda ham asqotadi.

Seminar-treninglarning 1-kunida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova,

“Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi,  yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxitdinova, Falsafa fanlari doktori, professor Qiyomiddin Nazarov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Boshqaruv mahorati kafedrasi treneri Marhabo Safarova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Treninglarning 1-kunida, jumladan:

- “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat”

- “Yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashning  ma'naviy-huquqiy asoslari”

- “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi – ma’rifatli jamiyat asosi.

- Liderlik va samarali jamoani shakllantirish kabi mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Treninglar 19-20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.