Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida onlayn o'quv seminari tashkil etildi

Bugun, 20-yanvar kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,  psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminari tashkil etildi. 

Seminarda, shuningdek “Ma'rifat targ'ibotchisi” jamiyati a'zosi, Falsafa fanlari doktoru professor Jamila Shermuhammedova, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik fanlari doktori professor Firyuza Muhitdinovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
 

O'quv-seminarlar davomida, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi Oʻzbekiston strategiyasi" kitobi mohiyati, milliy tarbiya sohasidagi islohotlar va ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni amalga oshirish mexanizmlari,  pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish kabi mavzularda so'z yuritildi.

Ma'lumot o'rnida, o'quv seminarlari 2 kun davom etadi.