AKADEMIK ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi. (https://t.me/piimauz/15142) 

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov bilan "Yangi Oʻzbekistonda ta'lim sifati va yoshlar aqliy mehnatining samaradorligi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Muloqot davomida akademik tomonidan mamlakatimiz va jahon fanidagi dolzarb masalalar va yangiliklar, shuningdek, inson tafakkuri imkoniyatlari, aqliy qobiliyatni rivojlantirishda eʼtiborga olinishi lozim boʻlgan jihatlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. 

Mahorat darsi qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi.