BAHODIR JALOLOV NOMIDAGI BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA ARIZA TOPSHIRGAN  TALABGORLAR DIQQATIGA

#imtihon_2024
#sport_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI BAHODIR JALOLOV NOMIDAGI BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA ARIZA TOPSHIRGAN  TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi ERTAGA, 30-AVGUST KUNI 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝 Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi).

⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
❗️DIQQAT!

📆  Ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 

✅Test sinovlari soat 09:00 da boshlanadi. Talabgorlar 1 soat oldin (soat 08:00 da) 2-bosqich uchun ruxsatnoma va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

☎️ Call-markaz: 1206