BAHODIR JALOLOV NOMIDAGI BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA IMTIHON TOPSHIRISH TARTIBI

❓Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?

Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

Birinchi bosqich:
➖umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);
➖maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• 60 m. masofaga yugurish;
• 1000 m. masofaga yugurish;
• turnikda tortilish;
• past turnikda 90° tortilish;
• turgan joyidan uzunlikka sakrash;
• oldinga egilish.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• soya bilan jang;
• qoplar bilan ishlash;
• sparing tushish.

Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
➖5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)

📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206