Boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi davom etmoqda

#imtihon_2024 
#sport_maktablari
#ikkinchi_kun

Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi (https://t.me/piimauz/17922) davom etmoqda

Avval xabar berilganidek (https://t.me/piimauz/17929), Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.

Bugun, 28-avgustda oʻquvchilar soya bilan jang, qoplar bilan ishlash, sparing tushish kabi shartlarni oʻz ichiga olgan maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda. 

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 29-avgustga qadar davom etadi.