#ChSB_imtihonlari
#1_kun
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida III chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari onlayn va oflayn shaklda oʻtkazilmoqda.
Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Bugun, 17-mart kuni ChSB imtihonlarda 6-, 7-, 11-sinflarlardan oflayn (yozma) shaklda 17 363 nafar oʻquvchi, onlayn shaklda 20 047 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.
Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.
ChSB imtihonlari 19-martga qadar davom etadi.