ERTAGA IMTIHON: Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

#imtihon_2024
#sport_maktablari 

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! 

Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ERTAGA, 27-AVGUST KUNI BOSHLANADI. 

🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi  (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

Birinchi bosqich:
 ➖umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
➖maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.

Badiiy gimnasika yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yotgan holda qo‘l va oyoqlarni juftlashtirish (Pres) 10 soniya;
• asosiy holat oldinga egilib, oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib (5 soniya) ushlab turish;
• 30 soniya davomida arqonda sakrash;
• arqon bilan bir urinishda ikki martalik sakrash;
• 50 sm balandlikdan o‘ng va chap oyoqda shpagatga o‘tirish hamda ikkita o‘rindiqda o‘rta shpagatga o‘tirish;
• qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.

Badiiy gimnastika yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yerga yotib, belni vertikalga ko‘tarish; 
• qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
• risk mashqlari (arqon bilan mashq 
bajarish);
• risk mashqlari (halqa yoki to‘p bilan);
• risk mashqlari (arqondan tashqari barchasi);
• aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
• aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Panshe);
• aylanishlar mashqi (Fuyete);
• muvozanat saqlash o‘ng va chap oyoqlarni yonga ko‘tarish;
• katta sakrashlar (shpagatga); 
• katta sakrashlar (shpagat koltsoga);
• jette anturnan.

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• joyidan uzunlikka sakrash;
• gimnastika narvonida oyoqlarni ko‘tarish;
• 30 soniya davomida sakrash (marta) N = 60 sm;
• 60 soniya davomida sakrash (marta) N = 40 sm;
• gimnastika devorida osilib oyoqlarni ko‘tarish (bajarish sifatiga qarab marta); 
• halqaga chiqish va tushish (marta)
• oyoqlarni ochgan holda (spichag);
• gimnastika devorida osilgan holatda oyoqlarni to‘liq ko‘tarish (10 marta vaqtga).

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• qo‘lda tik turish;
• qo‘shpoyada tayanch yordamida 90 gradus;
• qo‘shpoyada tayanch yordamida 180 gradus oyoqlarni ushlab turish;
• doira shaklida aylanish (soni);
• oyoqlar ochilgan holatda spichag (marta);
• kuch bilan aylanib chiqish;
• 60 soniya tayanch holatda qo‘llarda depsinish (bajarish sifatiga qarab marta);
• past turnikda 45 gradusda tebranish (bajarish sifatiga qarab marta);
• egiluvchanlik uchun mashqlar;
• oyoqlar juft holatda oldinga egilish;
• ko‘prik;
• shpagat (o‘ng, to‘g‘ri, chap).

‼️ Diqqat birinchi bosqich imtihonlariga gimnastika mashqlarini bajarish uchun qulay bo‘lgan kiyim olib kelishingiz talab etiladi.

🖨 Maʼlumot uchun, ruxsatnomalarni yuklab ololmagan talabgorlarga imtihon boshlanishidan oldin ruxsatnomalar chop etib beriladi.

☎️ Call-markaz: 1206