GIMNASTIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONI: BIRINCHI BOSQICH

#imtihon_2024 
#sport_maktablari
#birinchi_kun

 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi (https://t.me/piimauz/17923)

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika va sport gimnastikasi yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.

Birinchi bosqichda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 399 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 29-avgustga qadar davom etadi.