GULISTON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA OCHIQ ESHIQLAR KUNI OʻTKAZILADI

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
 
⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖2024/2025-oʻquv yilida oʻquv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan rejalar haqida maʼlumot beriladi;
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) tashkil etiladi;
➖Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 30-avgust.
⏰ Soat 10:00 dan 15:00 gacha.
📍Manzil: Guliston shahri, Navoiy shox koʻchasi, 260a-uy.

Maʼlumot uchun: @InoyatovO