Hurmatli o‘qituvchilar va ota-onalar, ta’lim jonkuyarlari!

Xabaringiz bor, 17-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdilar.

Yig‘ilishda Agentlik oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi. Jumladan, o‘quvchilarni xalqaro ta’lim dasturlari asosida zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta’minlash,  o‘quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari kabilar shular jumlasidan.

Bugungi kunda Prezident maktablaridagi ilg‘or xalqaro o‘qitish metodikasini ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tatbiq etish ustida ish olib bormoqdamiz. 

❗️Bu ishda Siz – ustozlarning, ota-onalarning, fan mutaxassislari, qolaversa, millat kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha hamyurtlarimizning fikr-mulohazalaringiz, takliflaringiz juda muhim.

📬Taklif va mulohazalaringizni Agentligimizning @piimamurojaatlar_bot orqali kutib qolamiz!