#Xorijiy_hamkorlik
Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo maktabida tanishuv va tajriba almashinuvi jarayonida qatnashmoqda.
Delegatsiya tarkibida Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining bir qator fan oʻqituvchilari va rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, ilmiy-pedagogik asoslar va umumiy yondashuvlar, Letovo taʻlim modeli bilan tanishish, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda Letovo maktabining direktori M.G.Mokrinskiy bilan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida taʻlim jarayonida infratuzilmalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, fanlararo aloqadorlik, baholash tizimi, STEАM yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida soʻz yuritishdi.
Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.