#ijod_yoshlari
#birinchi_bosqich
#6_sinflar
🗣 Bugun (https://t.me/piimauz/23239) "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi 6-sinflar uchun test shaklida 9 smenada bo‘lib o‘tadi.
📝Ma'lumot uchun, o‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi, berilgan ma’lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test beriladi va quyidagi tartibda baholanadi:
➖oddiy darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan jami, 10 ball;
➖o‘rta darajadagi 10 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan, jami 25 ball;
➖murakkab darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3 balldan, jami 15 ball, umumiy 50 ball beriladi.
⏳Test topshiriqlarini bajarish uchun har bir savolga 2 daqiqadan, jami 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
📆 Mazkur tanlovining 5-sinflar uchun 18-aprel kuni va 4-sinflar uchun esa 19-aprel kuni belgilangan manzillarda oʻtkaziladi.
📍Toshkent shahri va Toshkent viloyati oʻquvchilari uchun tanlov Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtmoqda.
📸 Suratlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.