ISHCHU GURUH: BUXORO VILOYATI

#ishchi_guruh
#Buxoro

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablarning faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Tashrif davomida Agentlik direktori Buxoro shahar, G’ijduvon, Shofirkon, Peshku, Qorovulbozor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, sinfxonalar, fan kabinetlari, laboratoriyalar, ChQBT xonalarining jihozlanish holati, oʻquv binolarining isitish tizimi ham koʻzdan kechirildi.

Ishchi guruh oʻrganishlarida oʻquvchilarning oliy ta’lim va SAT, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyati tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga borib tanqidiy-tahliliy oʻrganish ishlari izchil davom ettiriladi.