#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni ishga taklif qiladi:
➖Informatika (IT mutaxassis) fani oʻqituvchisi;
➖Matematika fani oʻqituvchisi;
➖Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
➖Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili) mutaxassisi;
➖Texnologiya (informatika, robototexnika) fani oʻqituvchisi;
➖San'at (tasviriy san'at, chizmachilik, musiqa) fani oʻqituvchisi;
➖Geografiya fani oʻqituvchisi;
➖Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi;
➖Musiqa fani oʻqituvchisi;
➖Toʻgarak rahbari (veb-dizayn, kompyuter grafikasi, jurnalistika);
➖Laborant (kimyo, biologiya, fizika);
➖Kutubxona ishi mutaxassisi;
➖Tarbiyachi-pedagog (ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix).
📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.
👨🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.
📥Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzil va telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:
📞911245210
📞916660022
📍Manzil: Margʻilon shahar, Turkiston koʻchasi, 138-uy.
📌Mo‘ljal: sobiq “Atlaschi” stadioni.
https://t.me/piimauz/17660