PREZIDENT MAKTABIGA ISHGA TAKLIF

#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

➖iqtisod fani oʻqituvchisi;
➖biologiya fani oʻqituvchisi;
➖robototexnika toʻgaragi rahbari;
➖laborant (robototexnika).

📝Talablar: 
➖Oliy maʼlumotli;
➖Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
➖Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
➖Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

🟢Imkoniyatlar: 
➖Ahil va professional jamoa;
➖Doimiy malakaviy oʻsish; 
➖Iqtidorli oʻquvchilar; 
➖Xalqaro konferensiya va treninglar.

🗂 Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
•  bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

📥 Hujjatlarni joriy yilning 10-sentyabr kuniga qadar ushbu havola (https://forms.gle/fMQoNgyPE4zbvZpU9) orqali yuborishingiz mumkin.    

📞 Murojaat uchun: +998970242232