IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA

#qabul_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

➖oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
➖086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.
https://t.me/piimauz/17769