Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident maktablari Boshqaruv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Boshqaruv kengashining maqsad va vazifalari, Prezident maktablarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari, maktablarni xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyasidan oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar, maktablarda ish yuritish hujjatlarini hamda zamonaviy xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish singari masalalar koʻrib chiqildi.