IXTOSOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI YUZASIDAN MAʼLUMOT

#imtihon_2024

#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

➖➖➖

🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZILLAR:

✅ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti(Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝 IMTIHON TALABLARI: https://portal.piima.uz/page/ssr)

➖➖➖

✅ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

📝 IMTIHON TALABLARI: https://portal.piima.uz/page/ssr)

☎️ Call-markaz: 1206

https://t.me/c/1590511604/6187