Jizzax viloyatidagi jami 554 nafar umumta’lim maktablari direktorlari uchun “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar boshlandi.
Bugun Do‘stlik tumani, Arnasoy tumani, Paxtakor tumani va Mirzacho‘l tumani umumta’lim maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.
Maqsad – agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktab rahbarlariga o‘rgatishdan iborat.