LONDONGA TAʼLIM SAYOHATI

#taʼlim_sayohati
#London 

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi  Shamshodbek Axmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Islom Boyqobilov, Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija koʻrsatib, gʻolib sifatida Londonga bir haftalik bepul ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda Ilhomjon Baxronov, Shamshodbek Axmadov hamda Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonining boshqa g‘oliblari bilan London shahrida boʻlib turibdi.

Ular ushbu sayohat davomida Buyuk Britaniyadagi qator nufuzli universitetlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, xorijlik tengdoshlari bilan tajriba almashadi.