MAHALLA OBOD-YURT OBOD

#umumxalq_xayriya_hashari 

✅ Yurtimizda milliy bayramlar, muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. 

Milliy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan bu an’ana xalqimiz orasida mehr-oqibat, muruvvat, do‘st-birodarlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Hukumatning tegishli farmoyishiga ko‘ra, mamlakatimizda 24−25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi ham ushbu xayrli tadbirda faol qatnashib, mahalla, yurt obodligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 

🗣Xususan, Agentlik joylashgan manzilda tozalash ishlari olib borildi, tevarak-atrof obodonlashtirilib, daraxtlar oqlandi,  taglari yumshatildi.