Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.

📆 Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab oʻqituvchilari uchun boʻlib oʻtadi.

➖ Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da, 2-smenasi esa soat 14:00 da boshlandi.

✔️ Ma’lumot uchun: mazkur yangi tizimning barcha sinov materiallari xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasini oʻrgangan holda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ishlab chiqildi.