#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv
Agentlik tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga koʻkrak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Maʼlumot uchun, mazkur maktab-internatida hozirgi kunda 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli oʻqituvchi tomonidan bilim berib kelinmoqda.
Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega oʻqituvchilar 28 nafarni tashkil etadi. Maktab-internatida 120 oʻringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda oshxona mavjud.