O‘quvchilarimiz Turkiyaning "Xalqaro tinchlik noni festivali”da ishtirok etishmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi “Xalqaro tinchlik noni festivali”da ishtirok etish uchun Turkiya davlatining Istanbul shharida bo'lib turibdi. 

Festival 23-aprel kuni bo'lib o'tadi. Unda dunyoning 10 ta xorijiy mamlakati ishtirok etmoqda. 

Bu festivaldan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim va madaniyat sohalarida davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. 

Festival doirasida ishtirokchi 10 ta davlatning suvi qo'shilib, non tayyorlanadi va davlat rahbarlariga jo'natiladi. 

Turkiyada Milliy suverenitet va Bolalar bayrami tadbirlari doirasida “Xalqaro tinchlik noni festivali”da dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyuradigan dunyo bolalari “Tinchlik noni”ni pishirishadi. 

Ma‘lumot uchun, “Tinchlik noni festivali” 12 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.