OʻQUVCHILARIMIZ XORIJIY UNIVERSITETGA GRANT YUTDI

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Xorijdagi universitetlarga toʻliq grant yutgan oʻquvchilarimiz safi kengayib bormoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari Sarvar Xolmatov va Mohizar Odilova Rossiya Federatsiyada kimyo boʻyicha Sechenov olimpiadasining yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetiga toʻliq grantni qoʻlga kiritdi. 

 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.