OʻQUVCHILARIMIZGA "VATAN TAYANCHI" KOʻKRAK NISHONI VA GUVOHNOMALARI TOPSHIRILDI

#Vatan_tayanchi

📍Qurolli Kuchlar muzeyi hududidagi “Vatanga qasamyod” yodgorligi yonida “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

 Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan 8 ta:  Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 160 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

📆 Mazkur tadbirlar joriy yilning oktyabr oyi davomida barcha hududlarda markazlashgan holda amalga oshiriladi.