Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyada oʻtkazilgan 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida (ISPhO-2023) 2 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qoʻlga kiritdi!

Joriy yilning 4-11-dekabr kunlari Moskva fizika-texnika instituti tomonidan 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasi tashkil etildi. Ushbu olimpiada 2023-yilda Respublika miqyosidagi olimpiadalarda gʻolib boʻlgan maktab bitiruvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 

Mazkur olimpiadada 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika boʻyicha ilmiy masalalarni bajarishdi. 

Olimpiadada ishtirok etgan 4 nafar Oʻzbekiston terma jamoasi vakillarining barchasi medallarga sazovor boʻldi!

Xalqaro olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
➖Jaloliddin Boymahammadov – Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – KUMUSH medal va milliy OLMOS medali;
➖Javohir Sultanov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – KUMUSH medali;
➖Mirshodjon Rajabov – Moskva muhandislik-fizika instituti talabasi – BRONZA medali;
➖Jasurbek Gʻulomjonov – Namangan viloyati Chust tumani 71-maktab bitiruvchisi – BRONZA medali.

2024-yil 3-11-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan ISPhO-2024 olimpiadasida ham bilimga chanqoq yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!