#imtihon_2024
#sport_maktablari
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI GIMNASTIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi (TEST) bosqichi ERTAGA, 30-AVGUST KUNI 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi (Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’chasi)
📝 Ikkinchi bosqichda test sinovlari har ikkala yoʻnalish (badiiy gimnastika hamda sport gimnastikasi yoʻnalishlari) uchun:
➖1-2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
➖5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
❗️DIQQAT!
📆 Ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
✅Test sinovlari soat 09:00 da boshlanadi. Talabgorlar 1 soat oldin (soat 08:00 da) 2-bosqich uchun ruxsatnoma va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
☎️ Call-markaz: 1206