#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust
❓ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?
Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
Birinchi bosqich:
➖umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
➖maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yotgan holda qoʻl va oyoqlarni juftlashtirish;
• oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib turish;
• arqonda sakrash;
• arqon bilan ikki martalik sakrash;
muvozanatni saqlash;
• shpagat;
• qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yerga yotib, belni vertikalga koʻtarish;
• qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
• risk mashqlari toʻp bilan;
• halqa bilan mashq bajarish;
• arqondan tashqari boshqa sport jihozida mashq bajarish;
• lenta bilan mashq bajarish;
• oʻng va chap oyoqda 50 sm balandlikdan •oldinga boʻlinish ikkita skameykadan oʻzaro •faoliyat boʻlinish;
• aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
• tanlagan aylanish (Planshe).
Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
➖ 2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
➖5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).
📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.
☎️ Call-markaz: 1206