OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA QABUL YUZASIDAN SAVOL-JAVOB

#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

❓Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun qaysi sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi?
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflarga uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

❓Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan, ammo fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning farzandlari hujjat topshira oladimi?
➖Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sport maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Shuningdek, chet el fuqarolarining farzandlari sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.

❓Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga turli viloyatlardan o‘quvchilar hujjat topshira olishadimi? 
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206