PARALIMPIYA GʻOLIBI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu yil Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov bilan "Matonat maktabi" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov, faxriy ustoz va oʻquvchilar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Vatanga muhabbat, sadoqat mavzulari haqida soʻz bordi. Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish afzalliklari ta’kidlandi.

Maʼlumot uchun, Yorqinbek Odilov XVII Yozgi Paralimpiyaning nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-orinni qoʻlga kiritgan!