PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI YEVROOSIYO CHEMPIONI BOʻLDI

Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Imronbek Kasimov xalqaro tanlovda gʻalaba qozondi.

Malayziyada boʻlib oʻtgan Xalqaro “Euroasian Spelling Bee Lexical Skills” tanlovining final bosqichida gʻalaba qozonib oltin medal va gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!