Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari Turkiyaning Esenler maktabida bo‘lishdi 

Xabaringiz bor, Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi  23-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro tinchlik noni festivali”da ishtirok etish uchun Turkiya davlatida bo‘lib turibdi. 

Bugun delegatsiya aʼzolari Turkiyaning Esenler boshlang‘ich maktabida bo‘lishdi va 4-sinf o‘quvchilarining bir kunlik hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Ikki qardosh millat bolalari birgalikda O‘zbekiston madhiyasini kuylashdi. 

Kun yakunida festival ishtirokchilari hunarmandchilik markazida bo‘lishdi. 

Eslatib o‘tamiz, festivalda Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Moldovo, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 10 ta davlatlar bolalari ishtirok etishmoqda.