Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari rahbar va o'qituvchilari uchun masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Qishki ta'tilni mazmunli  o'tkazish maqsadida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari rahbarlari, ularning o'rinbosarlari hamda mahalliy o'qituvchilar uchun masofadan kasbiy malaka oshirish qisqa muddatli kurslari tashkil etildi.

Yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan  olib borilayotgan malaka oshirish kurslari:
- TOEFL iTP testi;
- Iqtidorli yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv;
- Darslarda interaktiv metodlardan foydalanish;
- Yangi tipdagi maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning didaktik asoslari va boshqa ko'plab mavzularni qamrab oladi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur kurslar 15- yanvardan 22-yanvarga qadar davom etadi.