Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqotda bitiruvchi sinflar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Agentlik rahbari o'quvchilarning kelajakdagi rejalariga quloq tutdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Shundan so'ng, Agentlik direktori Muhammadrizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lib, bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan davra suhbatida ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida, shuningdek "Yangi O'zbekiston" universiteti vakillarining Agentlik tizimidagi Prezident va ijod maktabi, shuningdek Xalq ta'limi tasarrufidagi maktab bitiruvchilari uchun taqdimoti bo'lib o'tdi.