"TEATR-IBRATXONADIR": JIZZAX, NAVOIY, TOSHKENT VILOYATLARI BOSQICHI

#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Agentlikning Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Jizzax viloyati bosqichida – Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi;

Navoiy viloyati bosqichida – Navoiy shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi;

Toshkent viloyati bosqichida – Nurafshon shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hududiy bosqich Agentlikning Andijon viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.