"TEATR IBRATXONADIR": SIRDARYO, FARGʻONA

#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun, Agentlikning  Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Sirdaryo viloyati bosqichida – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi teatr jamoasi;

Farg‘ona viloyati bosqichida – Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hududiy bosqich Agentlikning Toshkent viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Teatr – ibratxonadir" shiori ostidagi mazkur tanlov 17-fevraldan 6-martgacha Agentlik tizimidagi barcha maktablarda o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoalari Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurashadi.