To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino qurilishiga 7 mlrd. 800 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Mazkur maktab 408 o‘quvchi o‘rniga ega.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil gapirdi.

Marosimda ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim-tarbiya muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy jihozlar hamda qurilmalar o‘quvchilarning kuchli bilim va tafakkurga ega farzandlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.