#Xalqaro_bolalar_forumi

Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumi o‘tkazildi.

Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu forumda 24 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi. 

Mazkur forumda O‘zbekiston yoshlari vakili sifatida Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gavharshodbegim Xomidova ishtirok etdi.

O‘quvchimiz iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a’zosi sifatida o‘zining taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan. 

Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.