Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.
Tashrifning uchinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabining bir qator departament rahbarlari bilan ikki tomonlama muloqot davomida hamkorlikdagi loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Maktab oʻquvchilarining loyiha ishi doirasidagi ijtimoiy faoliyat, STEAM fanlari doirasidagi loyiha ishlari, meta-mavzu koʻnikmalarini rivojlantirish hamda maktab oʻquvchilarini qabul qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimi bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif soʻngida Agentlik hamda Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, Letovo xalqaro maktabi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.