Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini yakunladi.
Mazkur yirik anjuman dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar, pedagoglar va amaliyotchilarni bir joyga jamlab, ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish usullari hamda strategiyalari, raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, loyihaga asoslangan ta’lim orqali nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etish metodikasi, mezonlarga asoslangan baholash tizimi kabi masalalar bo‘yicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalarini muhokama qilish, fikr almashishga imkon yaratdi.
Konferensiyaning yopilish marosimida ilmiy va tahrir hay’ati a’zolari, trenerlar, ishtirokchilarga tashakkurnomalar hamda maxsus sertifikatlar topshirildi.