XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM 

#xalqaro_hamkorlik 
#CIS

 Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning  soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

Shu kunlarda CIS vakillari mazkur taʼlim muassasamizda bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.