#xalqaro_hamkorlik
#CIS
Andijon shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.
Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.
Avvalroq, (https://t.me/piimauz/20817) Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.