Xiva Prezident maktabi o'quvchilari xorijiy universitetlar talabalariga aylanishdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilinmoqda!

1. Robiya Sobirova Missuri va Mayami universitetlariga qabul qilinib, Xavier universitetining 100 000 $, Arizona universitetining 44 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.

2. Azizbek Ortiqov Missuri universitetidan qabul maktubini olgan bo'lsa, Arizona Universitetidan 60 000 $ lik stipendiya sohibi bo'ldi.

3. Islombek Abdullayev Missuri universiteti talabasiga aylanish bilan birga,  Arizona universitetining 60 000 $ stipendiyasiga ega bo'ldi.

4. Nodirbek Sa’dullayev Arizona universitetidan 44 000 $ miqdorida stipendiya yutib oldi.

5. Baxtiyor Duschanov Missuri Universitetiga qabul qilinish bilan birga Xavier Universitetidan 92 000 $ miqdoridagi stipendiyagaga ega bo'ldi.