XUSHXABAR

2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli oʻquvchilari 2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida (OWAO 2023 (https://owao2023.siriusolymp.ru/)) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga joʻnab ketgan edi.

14-21-noyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:

➖ Abdulloh Abdurashidov – KUMUSH;

➖ Abdulloh Mamaniyozov – BRONZA;

➖ Ozodbek Ravshanov – BRONZA;

➖ Nurbek Rayimov – BRONZA;

➖ Muhammadamin Qurbonov – FAXRIY YORLIQ.

Quyidagi havola orqali olimpiadaning yopilish marosimini ko‘rishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=kwnPV4QNlvU

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!